
Bitta doʻkon
Tez kassa, aniq qoldiq va har kungi foyda. Daftar va Excel’ni bir kunda almashtiring.
Standard · 1 doʻkon, 10 foydalanuvchi

Kassa, ombor, nasiya va foyda bitta tizimda. Payzor brauzerda ishlaydi, hech narsa oʻrnatish shart emas.
Bozor yonidagi bitta doʻkon yoki shahar boʻylab tarmoq. Payzor doʻkon bilan birga oʻsadi, barcha filiallar esa bitta hisobda qoladi.

Tez kassa, aniq qoldiq va har kungi foyda. Daftar va Excel’ni bir kunda almashtiring.
Standard · 1 doʻkon, 10 foydalanuvchi

Nasiya kassaning oʻzida: jadval, ustama va kafil bilan. Xaridor har bir toʻlovdan oldin Telegram orqali eslatma oladi.
Barcha tariflar · jarima va qarz chegarasi

Har bir filialning ombori, kassasi va hisobotlari alohida. Filial boʻyicha rollar va harakatlar jurnali kim nima qilganini koʻrsatadi.
Premium yoki Enterprise · 3 va undan ortiq doʻkon

Kassadagi sotuv tovarni ombordan chiqaradi, toʻlovni yozadi va foyda hisobotiga tushadi. Hech kim bir raqamni ikki marta kiritmaydi.
Kassir klaviatura bilan ishlaydi. Naqd, karta va onlayn bitta chekda, qaytim avtomatik hisoblanadi.
Kirim, sotuv, qaytarish va hisobdan chiqarish bitta ombor jurnaliga yoziladi, oʻlcham va ranglar bilan.
Sotuv, tannarx, xarajat va nasiya tushumlaridan sof foyda. Har kuni, tovar, kassir va toifa boʻyicha.
Ishning asosiy qismi uchta boʻlimda. Hisobotlar, rollar, aksiyalar va bonus karta har bir tarifda bor.
KassaTovarni shtrix-kod yoki nomi boʻyicha toping va sotuvni soniyalarda yakunlang.
NasiyaKassaning oʻzida nasiyaga soting va kim qancha qarzdorligini doim biling.
OmborOʻlcham va rangli tovarlar, kirim, inventarizatsiya va yorliqlar.

Kompyuter, planshet yoki telefondagi brauzer yetarli.
Oʻzbek, rus va ingliz: har bir xodim oʻzi tanlaydi.
Ombor va hisobotlar alohida, koʻrish uchun esa bitta joy.
Maʼlumotlar serverda saqlanadi va har kuni zaxira nusxasi olinadi.
Yashirin toʻlovlarsiz. Yillik toʻlovda 20% tejaysiz.
250 000soʻm / oyiga
400 000soʻm / oyiga
Individualtarmoqlar uchun
| Imkoniyat | Standard | Premium | Enterprise |
|---|---|---|---|
| Doʻkonlar (filiallar) | 1 | 3 | Cheksiz |
| Foydalanuvchilar | 10 | 20 | Cheksiz |
| Har bir qoʻshimcha filial (oyiga) | +70 000 soʻm | +120 000 soʻm | Individual |
| Kassa, mahsulotlar, ombor, mijozlarCheksiz mahsulot, mijoz va savdo; yetkazib beruvchilar | |||
| Smenalarni boshqarishSmenani ochish/yopish, kassani solishtirish va smena hisobotlari | |||
| Aksiyalar, kuponlar, loyalty dasturi | |||
| Muddatli toʻlov (nasiya)Toʻlov jadvali, jarima va qarz limiti | |||
| Telegram botXaridorlarga eslatma, xodimlarga ogohlantirish va kunlik hisobot | |||
| Daromad va xarajatlarni boshqarish | |||
| Kengaytirilgan moliyaviy tahlilKassaga tushum, pul oqimi, toʻlovlar jurnali | |||
| Kengaytirilgan hisobotlarMahsulot, kategoriya va kassir boʻyicha, ombor qiymati, qarzlar muddati | |||
| Boshqaruv panelini sozlashBoshqaruv panelida qaysi vidjetlarni koʻrsatish yoki yashirishni tanlang | |||
| Mijozlar uchun SMS xabarnomalar | |||
| Click, Payme, Uzum integratsiyasi | |||
| Individual integratsiyalar1C, ERP, buxgalteriya | |||
| Individual ishlab chiqish va funksiyalar | |||
| Qoʻllab-quvvatlash | Onlayn | Oyiga bir marta shaxsiy | Shaxsiy menejer, 24/7 |
| Oʻrnatish va oʻqitish | Bepul oʻrnatish yordami | Maʼlumot koʻchirish va jamoani oʻqitish |
Doʻkonni siz bilan birga sozlaymiz, kassa keyingi ish kuningizgacha tayyor boʻladi.
Doʻkoningiz va filiallaringiz soni haqida aytib bering.
Bir daqiqa vaqt oladiPayzor’ni oʻz tovarlaringizda koʻrsatamiz va birga tarif tanlaymiz.
Shu kuni yoki ertasigaTovar va xaridorlarni Excel yoki eski dasturdan koʻchiramiz.
Premium’da bepulSkaner va printerni ulang, kassirlarni qoʻshing va smenani oching.
doʻkoningiz.payzor.uz manzilida“Nasiya boʻyicha kim qancha qarzdor — endi taxmin qilmaymiz. Telegram eslatmalari tufayli toʻlovlar oʻz vaqtida tushyapti.”
“Uchta filialning ombori va hisobotlarini bitta hisobdan koʻraman. Qaysi filialda nima kam qolganini darhol bilaman.”
“Avval kunlik savdoni daftarda hisoblardik, endi kechqurun bitta ekranda foydani koʻraman. Kassirlar ham bir kunda oʻrganib olishdi.”
Boshqa savolingiz bormi? Bizga yozing, ish kuni davomida javob beramiz.
Yoʻq. Payzor brauzerda ishlaydi: kompyuter, planshet yoki telefon yetarli. Oddiy USB shtrix-kod skaner, 58 yoki 80 mm chek printeri va yorliq printeri bilan ishlaydi.
Payzor bulutda ishlaydi, shuning uchun internet kerak. Maʼlumotlaringiz serverda saqlanadi va har kuni zaxira nusxasi olinadi.
Ha. Tovarlar va xaridorlar roʻyxatini koʻchirishda yordam beramiz — ariza qoldiring.
Sotuvning toʻlanmagan qismi kassaning oʻzida nasiyaga oʻtadi: toʻlov jadvali, ustama, kafil va jarimalar bilan. Xaridorga Telegram orqali eslatma boradi.
Ha. Har bir filialning ombori, kassasi va hisobotlari alohida, lekin hammasini bitta hisobdan boshqarasiz. Har bir qoʻshimcha filial tarifga qarab hisoblanadi.
Har bir biznesning maʼlumotlari boshqalaridan ajratilgan, kirish parol bilan, har bir amal harakatlar jurnaliga yoziladi. Maʼlumotlaringizni hech kimga sotmaymiz.
Siz bilan bogʻlanamiz, biznesingizni ulab, sozlashda yordam beramiz.

Tovarlarni koʻchiramiz va kassirlarni oʻqitamiz. Siz esa sotishda davom etasiz.